• Ey yor, ishqim seni devona qilsin,
    Mayxonalar ichra mastona qilsin. (x2)

    Kunduzlar bo’lmasin-ey tinching, oroming-ey,
    Tunlar bahobingdan begona qilsin. (x2)
    Ey yor, ishqim seni devona qilsin.

    Visol istab sen ham Majnun misoli
    Ovora bo’l, dunyo afsona qilsin.

    Bu go’zal gulzoru, bog’u chamanda, dod,
    Bulbuldek nolishing giryona qilsin. (x2)
    Ey yor, ishqim seni devona qilsin.

    Olov ishqim sening bag’ring o’rtasin,
    Devona darvishga hamxona qilsin. (x2)

    Ko’ksingni kuydirsin ishq o’ti toki
    Ovora bo’l, do’stlar afsona qilsin.

    Bir yonda sensan-u bir yonda menman-o,
    Muhabbat ikkimiz bir yona qilsin.

    Ey yor, ishqim seni devona qilsin, (x2)
    Mayxonalar ichra mastona qilsin. (x2)

    Ey yor, ishqim seni devona qilsin,
    Mayxonalar ichra mastona qilsin.
    Muhabbat ikkimiz bir yona qilsin.