Madina Mumtoz - Ona dardingiz qo'shiq matni, lyrics

Madina Mumtoz

Ona dardingiz

Alla aytib men uchun,
Bedor bo`lgan tuningizga,
Kamlik qilar umrbod
Zar sochsam ham yo`lingizga.

Bir shirin so`zimga shod
Bo`lasiz, mehribonim.
Men dunyoda ishongan
Davlatim – Onajonim.

Men dunyoda ishongan
Davlatim – Onajonim.

Ona, dardingiz
Ona bo`lib tushundim.
Ona, qadringiz
Olislarda yurib bildim. (x2)

Yetkazdingiz voyaga
Oq yuvib, oppoq tarab.
Jahl qilsam ham kulib,
Turasiz boshim silab.

Yoningizda umrbod
Ta’zimdaman har qachon,
Panohida asrasin
Alloh sizni, Onajon!

Panohida asrasin
Alloh sizni, Onajon!

Ona, dardingiz
Ona bo`lib tushundim.
Ona, qadringiz
Olislarda yurib bildim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona dardingiz
Xonanda:
Madina Mumtoz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 19, 2018