Madina Mumtoz - Qo'shchinor

Madina Mumtoz

Qo’shchinor

Oh yor-ay, nozanin-ay, bu jonim sandin aylansun.

Tun oqshom bo`ldi-yu, kelmas mening sham`i shabistonim,
Bu anduh o`tidin har dam kuyar parvonadek jonim. {x2}

Ne g`am, ko`rguzsa ko`ksum porasin choki giribonim,
Ko`rinmas bo`lsa ko`ksum yorasidin dog`i pinhonim.
Oh yor-ay, nozanin-ay, bu jonim sandin aylansun.

G`amidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g`altonim.

Navoiy kibi hijrondin bu oqshom o`ldum afg`ondin, oh faryod-ay,
G`amim yo`q bo`yla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.

Oh yor-ay, nozanin-ay, bu jonim sandin aylansun. {x2}
Bu jonim sandin aylansun…

Falak ham to`ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?

Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o`lgum, vah,
Menga bo`lsang ne Xizri rah, yetib, ey, obi hayvonim.

Dema ko`ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg`onim.

Quyosh qochib – yuzin uydi, shafaq o`tqa tushub – kuydi,
Falakka dog`lar qo`ydi g`amingdin so`zi pinhonim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qo’shchinor
Xonanda:
Madina Mumtoz
Muallif:
Alisher Navoiy g'azali
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 1, 2017