Mahliyo Omon - Qiynama qo'shiq matni, lyrics

Mahliyo Omon

Qiynama

Tongda “xayrli tong” deb yozmasang, jonim,
Negadir shu kunim yomon o`tadi.
Tunda “xayrli tun” deb yozmasang, jonim,
Kutib uyqularim uchib ketadi.

Havotir olaman, kulolmay qolaman,
Ataylab qiynaysan-ku, juda yaxshi bilaman!

Qiynama, qiynama, uvolimga qolasan,
Qiynama, qiynama, buncha yomon bolasan?
Sen meni, sen meni azoblarga solasan,
Men boshlamay, men boshlasam, keyin ko`rasan!

Yoningda tabiiy go`zallik turganda
Pardozli qo`g`irchoqlarga qarama.
Oldingdan oqqan suvni qadrla, jonim,
Qadring bilmagandan qadr so`rama.

Havotir olaman, yagonang bo`laman,
Ataylab qiynaysan-ku, juda yaxshi bilaman!

Qiynama, qiynama, uvolimga qolasan,
Qiynama, qiynama, buncha yomon bolasan?
Sen meni, sen meni azoblarga solasan,
Men boshlamay, men boshlasam, keyin ko`rasan! (x1+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qiynama
Xonanda:
Mahliyo Omon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2017