O`g`ling bo`lsa tillo oshiq o`ynagan,
Qizing bo`lsa o`z husniga to`ymagan, (x2)
Xudo bizning nikohimiz suymagan,
Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,
Armonlar aylanib, osmon bo`ldilar.

Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,
Armonlar aylanib, osmon bo`ldilar.

Akang bo`lsa boshginangni silagan,
Ukang bo`lsa yo`q kuningda tirgagan,
Singling bo`lsa tobutingda yig`lagan,
Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,
Armonlar aylanib, osmon bo`ldilar.

Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,
Armonlar aylanib, osmon bo`ldilar.

Eling bo`lsa dushmanga qul bo`lmagan,
Yurting bo`lsa yov yuzini ko`rmagan, (x2)
Yoring bo`lsa o`zgaga ko`z urmagan,
Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,
Armonlar aylanib, osmon bo`ldilar.

O`g`ling bo`lsa tillo oshiq o`ynagan,
Qizing bo`lsa o`z husniga to`ymagan, (x2)
Xudo bizning nikohimiz suymagan,
Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,
Armonlar aylanib, osmon bo`ldilar.

Osmonlar aylanib, armon bo`ldilar,
Armonlar aylanib, osmon bo`ldilar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armon
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 3, 2016