Mahmud Namozov - Baxshiyona

Mahmud Namozov

Baxshiyona

Tog`larda buloqning ko`zi bor,
Maysaning muloyim yuzi bor, (x2)
Bobomning bir aytgan so`zi bor: {x2}
Yigitning iligi to`q bo`lsin,
Ko`kayi ko`klamday ko`k bo`lsin.

Gumburlar tog`larning darasi,
Chavondoz – yigitning sarasi. (x2)
Qarang, Alpomish na’rasi,
Kelsa ham Qorajon jo`rasi,
Sir bermas o`zbekning to`rasi.

Kelsa ham Qorajon jo`rasi,
Sir bermas o`zbekning to`rasi.

Hay yor-ey, voy yor-ey,
Yigitning iligi to`q bo`lsin,
Ko`kayi ko`klamday ko`k bo`lsin.
Yigitning iligi to`q bo`lsin,
Ko`kayi ko`klamday ko`k bo`lsin.

Mingani G`irotdir, G`irko`kdir,
O`ttizda, qirqda yigitdir. (x2)
Oltmishdan oshganda burgutdir,
Saksonda aytgani o`gitdir,
Qo`l tutsa changalda bulutdir.

Saksonda aytgani o`gitdir,
Qo`l tutsa changalda bulutdir.

Hay yor-ey, voy yor-ey,
Yigitning iligi to`q bo`lsin,
Ko`kayi ko`klamday ko`k bo`lsin.
Yigitning iligi to`q bo`lsin,
Ko`kayi ko`klamday ko`k bo`lsin.

Suluv qiz sochpopuk taqadi,
Yurakka olovlar yoqadi. (x2)
Tomirda ishq daryo oqadi,
Darvoza zulfini qoqadi. (x2)

Ilhomi keladi bulbulning,
Ifori taralsa bir gulning. (x2)
Bahori yashnasin ko`ngilning,
Tuyog`i chaqnaydi bulbulning. (x2)

Hay yor-ey, voy yor-ey, {x2}
Yigitning iligi to`q bo`lsin,
Ko`kayi ko`klamday ko`k bo`lsin. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Baxshiyona
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 21, 2016