Boybicha chiqdi otday bo’lib,
Oq yuzlari sutday bo’lib.
Ikki olma yanog’i,
Bahorda pishgan tutday bo’lib.

Ishim bora, ishim bor,
Kissamda kishmishim bor. (x2)
O’ldirsin mani, kuydirsin-a,
Shu qizchada ishim bor. (x2)

Suyab qo’ying bir ketdi,
Mahsi, kovush g’irch etdi, (x2)
Bir piyola may bergin-a,
Tomoqqinam g’ilt etdi. (x2)

Ishim bora, ishim bor,
Kissamda kishmishim bor. (x2)
O’ldirsin mani, kuydirsin-a,
Shu qizchada ishim bor. (x2)

Aytdim-a, aytdim boyvachcha,
Sayrdan qaytdim, Boybicha. (x2)
Sendayini topolmay-a,
Yoningga qaytdim, Boybicha. (x2)

Boybicha chiqdi otday bo’lib,
Oq yuzlari sutday bo’lib.
Ikki olma yanog’i,
Bahorda pishgan tutday bo’lib.

Ishim bora, ishim bor,
Kissamda kishmishim bor. (x2)
O’ldirsin mani, kuydirsin-a,
Shu qizchada ishim bor. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Boybicha
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 8, 2015