• Seni Layli, Ra`nodek ajoyib dilrabo derlar, {x2}
    Meni Majnuni shaydodek ko`yingda bir gado derlar. {x2}

    Derlar, derlar-ey, ko`yingda bir gado derlar.

    Kecha-kunduz eshigingda fig`onu nolalar qilsam, {x2}
    Ki harchandi navo qilsam, hanuzam benavo derlar. {x2}

    Derlar, derlar-ey, hanuzam benavo derlar.

    Yurub so`rdim tabiblardin-ey: “Bu dardimga davo bormu?” {x2}
    Tabib ayturki: “Ey, nodon, bu dardni bedavo derlar!” {x2}

    Derlar, derlar-ey, bu dardni bedavo derlar,
    Derlar, derlar-ey, ko`yingda bir gado derlar.

    Derlar, derlar-ey, ko`yingda bir gado derlar, {x2}
    Ko`yingda bir gado derlar, bu dardni bedavo derlar.

    Qani Layli, qani Majnun, qani Shirin bilan Farhod?
    Alar o`tdi bu olamdin, bu olam bevafo derlar.

    Itini xoki poyiniki Mashrab ko`ziga surtti,
    Nido keldiki olamdin ko`ziga to`tiyo derlar.