Bilurman sani, yolg`on dunyosan, {x2}
Avliyolarni olg`on dunyosan,
Qochgan qutilmas saning alingdan, {x2}
Temir qafaslarni qurg`on dunyosan.

Dunyosan, yolg`on dunyosan,
Avliyolarni olg`on dunyosan. (x2)

Sevganim olding, meni yig`latding,
Do`nib kularak, boqg`on dunyosan. (x2)
Sulaymon taxtin sen vayron etding,
Ma’sumlar bo`ynin buqg`on dunyosan.

Dunyosan, yolg`on dunyosan,
Avliyolarni olg`on dunyosan. (x2)

Dunyo odam-la yetti bor to`ldi,
Oxir bizdan-da qolg`on dunyosan.
Falak – tegirmon, charx urib do`nar,
Uning suvini solg`on dunyosan.

Yunus ham samo etib charx urar,
Bizim charximiz buzg`on dunyosan.

Bilurman, bilurman, yolg`on dunyosan,
Avliyolarni olg`on dunyosan.
Qochgan qutilmas saning alingdan,
Temir qafaslarni qurg`on dunyosan.

Dunyosan, yolg`on dunyosan,
Avliyolarni olg`on dunyosan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dunyosan
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Yunus Emro
Bastakor:
Mahmud Nomozov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 21, 2016