Hay yor-ey, voy yor-ey.

Soching sozima tormidi,
Qomating qatlima dormidi?
Biram qayrilib boqmaysan,
Menga bu azob ham bormidi? (x2)

O`yna-o`yna Gulpari,
Yana o`yna, Gulpari.
Akajoningni kuydirib,
Yana o`yna, Gulpari.
Hay yor-ey, voy yor-ey.

Kechasi uxlashga bormagan,
Osmonda oymidi porlagan?
Ko`nglingning yo`lidan qolmagin –
O`zimman ko`nglingni chorlagan. (x2)

O`yna-o`yna Gulpari,
Yana o`yna, Gulpari.
Akajoningni kuydirib,
Yana o`yna, Gulpari.
Hay yor-ey, voy yor-ey.

Boshimdan davroning eladi,
“Yor” desam, shamoling keladi. (x2)
Tog`lardan bu baland boshimni
Sog`inching qorlarga beladi. (x2)

Bu dunyo turguncha “yor” desam,
“Sen bilan bu dunyo bor” desam,
“Bir boqsang – bu umr behishtdir,
Boqmasang, boshimda dor” desam. (x2)

O`yna-o`yna Gulpari,
Yana o`yna, Gulpari.
Akajoningni kuydirib,
Yana o`yna, Gulpari.
Hay yor-ey, voy yor-ey.

Hay yor-ey, voy yor-ey.
(O`yna-o`yna Gulpari)
Hay yor-ey, voy yor-ey.
(Yana o`yna, Gulpari)
Hay yor-ey, voy yor-ey.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulpari
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2016