Mahmud Namozov - Hayot qo'shig'i

Mahmud Namozov

Hayot qo’shig’i

Ey do`stim, umr bir oqar daryo ekan…

Bir kun undoq, bir kun bundoq
O`taverar oyu kun,
O`n besh qora, o`n besh porloq
Botaverar oyu kun.

Bir kun chikka, bir kun pikka
Turaverar oshig`ing,
Bir kun moyga, bir kun suvga
To`laverar qoshig`ing.

Hayot ajib, hayot qiziq,
Hayot o`zi alomat.
Eng muhimi inson bo`lib,
Yashab yurmoq salomat. (x2)

Bir kun undoq, bir kun bundoq
O`taverar oyu kun,
O`n besh qora, o`n besh porloq
Botaverar oyu kun.

Bir kun chikka, bir kun pikka
Turaverar oshig`ing,
Bir kun moyga, bir kun suvga
To`laverar qoshig`ing.

Bu hayotda yaxshilik qil,
Yaxshilik qilgin faqat.
Yaxshilik qilgan insonning
Umri boqiydir abad. (x2)

Bir kun undoq, bir kun bundoq
O`taverar oyu kun,
O`n besh qora, o`n besh porloq
Botaverar oyu kun.

Bir kun chikka, bir kun pikka
Turaverar oshig`ing,
Bir kun moyga, bir kun suvga
To`laverar qoshig`ing.

Bir kun undoq, bir kun bundoq
O`taverar oyu kun,
O`n besh qora, o`n besh porloq
Botaverar oyu kun.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayot qo’shig’i
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 29, 2016