Toshlarga so`yladim armonlarimni,
Og`riqdan ingranib, toshlar gulladi.

Tog`larga so`yladim alamlarimni,
O`kirib-o`kirib tog`lar yig`ladi.

Osmonga so`yladim yurak dardimni,
Osmon qulab boshimga tushdi.

Odamga so`yladim hasratlarimni,
Toshyurak odamdan sado chiqmadi.

Yor-yoray, yor-ay,
Toshyurak odamdan sado chiqmadi, voy-ay.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Nido
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 7, 2016