• O`lan aytib, o`rtildim-o,
    Sho`x qizlardan turtildim-o. (x2)
    Mening ko`nglim bilmaysan,
    Pisandingga ilmaysan. (x2)

    Kuyib ko`nglim – ko`k maysa,
    Ular juzingni chaysa. (x2)
    Oyday juzing oylanar,
    O`ldirmoqqa shaylanar. (x2)

    Juzing suvi sumalak,
    Qoshing qoyqi kamalak. (x2)
    Taqib chiqsang jamalak, {x2}
    Tiz cho`kar ming hur malak.

    Taqib chiqsang jamalak,
    Tiz cho`kar ming hur malak.

    Ey yor, seni ko`z suydi,
    Sayrayotgan so`z suydi. (x2)
    Qayga borsang iyarib,
    Jurak, jigarim kuydi. (x2)

    Tariq o`smas toshloqda,
    Sen bittasan qishloqda. (x2)
    Qaldirg`och in qurmaydi, {x2}
    Joy bo`lmasa peshtoqda.

    Qaldirg`och in qurmaydi-ey,
    Joy bo`lmasa peshtoqda.

    Eh, terma bo’lsa, terma-da,
    Labginangni burma-da. (x2)
    Agar ko`ngling bo`lmasa,
    Qoshginangni kerma-da. (x2)

    Dardim ovir bilaman,
    Ko`ksimni men tilaman. (x2)
    Agar gapim olmasang, {x2}
    Baxshiligim qilaman.

    Agar gapim olmasang,
    Baxshiligim qilaman.

    O`lan aytib, o`rtildim-o,
    Sho`x qizlardan turtildim-o. (x2)