Mahmud Namozov - Qishlog'im qo'shiq matni, lyrics

Mahmud Namozov

Qishlog’im

Ko`nglima orzular solgan qishlog`im,
Olis-olislarda qolgan qishlog`im. (x2)
Kelib qolarmu deb, har sahar, har shom
Ko`zlari yo`limda-yey tolgan qishlog`im. (x2)

Mening maqsadimdan ko`nglim ko`p to`qdir,
Armon – nishoniga tegmagan o`qdir. (x2)
Orzuning izmida hamon hayotim,
Lekin bu yo`llarning adog`i yo`qdir. (x2)

Aytgin, senmasmidi men tanlagan yo`l,
Sayrga eltmasmidi men tanlagan yo`l? (x2)
Olis-olislarda ovoradurman-ey,
Borsa kelmasmidi men tanlagan yo`l? (x2)

Ko`nglima orzular solgan qishlog`im,
Olis-olislarda qolgan qishlog`im. (x2)
Kelib qolarmu deb, har sahar, har shom
Ko`zlari yo`limda-yey tolgan qishlog`im. (x2)

Ko`zlari yo`limda-yey tolgan qishlog`im… {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qishlog’im
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 29, 2017