• Mahmud Namozov - Sevib-sevilmagan qiz

    Mahmud Namozov

    Sevib-sevilmagan qiz

    Senga hech bag`rini ochmadi dunyo,
    Muhabbat yo`q deysan, muhabbat ro`yo.
    Ohingdan ohlarim – eng mungli navo,
    Sevib-sevilmagan qiz, sevilmagan qiz. (x2)

    Muhabbat barg edi – xazon bo`ldimi,
    Unga muhabbating arzon bo`ldimi?
    Kuyganing-suyganing armon bo`ldimi,
    Sevib-sevilmagan qiz, sevilmagan qiz? (x2)

    Yig`laysan, ko`zingda xalqa-xalqa yosh,
    Osmoning tark etib ketdimi quyosh?
    Sevgingni bilmadi sen sevgan sirdosh,
    Sevib-sevilmagan qiz, sevilmagan qiz? (x2)

    Yig`lama, o`ksima, g`amlaring ketar,
    Bir kuni musaffo tonglaring otar.
    O`shanda bag`ritosh qadringga yetar,
    Sevib-sevilmagan qiz, sevilmagan qiz. (x2)

    Muhabbat barg edi – xazon bo`ldimi,
    Unga muhabbating arzon bo`ldimi?
    Kuyganing-suyganing armon bo`ldimi,
    Sevib-sevilmagan qiz, sevilmagan qiz?

    Yig`lama, o`ksima, g`amlaring ketar,
    Bir kuni musaffo tonglaring otar.
    O`shanda bag`ritosh qadringga yetar,
    Sevib-sevilmagan qiz, sevilmagan qiz.