Mahmud Namozov - Sog'inch

Mahmud Namozov

Sog’inch

Sutday oqshom qo’ynida
Vasling umidida zor,
Seni intiq kutarman
Sahargacha men bedor. (x2)

Istasang bu falakdan
Oyni olib beraman,
Yulduzlardan bo’yningga
Marjon taqib qo’yaman. (x2)

Oqmoqda-ku umrimiz
Bu tinimsiz soydayin,
Qo’shiqlari turfa xil
Nola qilar naydayin.

G’aflatda qolib bir kun
Izlab dema qaydasiz,
Umr o’tib ketgan so’ng
Bilsang, bari foydasiz.

Istasang bu falakdan
Oyni olib beraman,
Yulduzlardan bo’yningga
Marjon taqib qo’yaman. (x6)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’inch
Xonanda:
Mahmud Namozov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 13, 2015