• Malika Egamberdiyeva - Men yoshlikman

    Malika Egamberdiyeva

    Men yoshlikman

    Kokilimni o`ynab qochar shabboda,
    Navo bo`lib qalbim uchar havoda.

    Ko`nglim ishqday nurni ichar navoda,
    Men yoshlikman, men yoshlikman, yoshlikman.(x2)

    Fazolarda mehrim bo`ylar parvozim,
    Jahon bo`ylab parvoz aylar ovozim. (x2)
    Voy, ovozim.

    Iqbolimni mangu kuylar sho`x sozim,
    Men yoshlikman, men yoshlikman, yoshlikman. (x2)

    Bog`da o`gan gullola men, o`sha men,
    Tog`dan tushgan shalola men, o`sha men.

    Baxti kulgan qizbola men, o`sha men,
    Men yoshlikman, men yoshlikman, yoshlikman. (x2)

    Muhabbatdan yaralgan gul hayotman,
    Yaxshilarga orzu kabi qanotman. (x2)
    Oy, qanotman.

    Oshiqlarga yoqib qolgan bayotman,
    Men yoshlikman, men yoshlikman, yoshlikman. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shermuhammadga minnatdorchilik bildiramiz.