Malika Egamberdiyeva - O'rik gullaganda

Malika Egamberdiyeva

O’rik gullaganda

Novdalarni bezab g’unchalar,
Tongda aytdi hayot otini.
Yor, yor, yor, yoringmaney.

Va shabboda qurg’ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Yor, yor, yor, yoringmano.

Har bahorda shu bo’lar takror,
Har bahor ham shunday o’tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi,
Yor, yor, yor, yoringmaney.

Joon, mana senga olam-olam gul, gul,
Etagingga siqqanicha ol.
Bunda tole har narsadan mo’l, jon,
To o’lguncha shu o’lkada qol, jon,
Bir umrga shu o’lkada qol.

Har bahorda shu bo’lar takror,
Har bahor ham shunday o’tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi,
Yor, yor, yor, yoringmaney.

Yellar meni aldab ketadi,
Yor, yor, yor, yoringmaney.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’rik gullaganda
Xonanda:
Malika Egamberdiyeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2015