Yalpiz yayrar dalada,
Bog’larda yo’q alami,
Suv bo’yida silkinar –
Vatani-da, Vatani.

Yulduz ko’kka atalgan,
Maysa yerda ungani,
Alishmaydi o’rnini –
Vatani-da, Vatani.

Omon yor, gulyor,
Tanovor, yor-yor.

Aytar tanburu dutor –
Vatani-da, Vatani.
Xofiz kuyin sehri bor –
Vatani-da, Vatani.

Musofir rangi somon,
Talpinar yurt ko’rgani,
Tuproqdoshi qadrdon –
Vatani-da, Vatani.

Har yo’l, har kuyga solib,
Arziydi maqtagani,
Shu yurt erki bo’laymi –
Vatani-da, Vatani.

Omon yor, gulyor,
Tanovor, yor-yor.

Aytar tanburu dutor –
Vatani-da, Vatani.
Xofiz kuyin sehri bor –
Vatani-da, Vatani.

Burgut osmon begidir,
Tog’lar uning ko’rkidir,
Boshda qoladi tani –
Vatani-da, Vatani.

Har yo’l, har kuyga solib,
Arziydi maqtagani,
Shu yurt erki bo’laymi –
Vatani-da, Vatani.

Omon yor, gulyor,
Tanovor, yor-yor.
Aytar tanburu dutor –
Vatani-da, Vatani.
Xofiz kuyin sehri bor –
Vatani-da, Vatani. (x2)

Vatani-da, Vatani…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatani
Xonanda:
Malika Ravshanova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 26, 2015