Malika Razakova - Ayt kimlarga

Malika Razakova

Ayt kimlarga

Yolg’izlik sirdosh endi,
Sog’inchim menga dildosh endi,
Orzular sarson endi,
Hijronda yonar dil endi.

Ayt, jonim, qoldirding nelarga?
Bu dunyoda ishonay kimlarga?
Ayt, kimlarga?

Qo’llaringga yuragim tutgandim,
Dil torimni senga bog’lagandim,
Sevgi nima, ko’rsatibsan menga,
Sensizlikni sir tutibsan nega?

Aytgin, jonim, qoldirding nelarga?
Bu dunyoda ishonay kimlarga?
Ayt, kimlarga?

Yuragimdan isming o’chirmay,
Hayotimdan izing qochirmay,
Aytgin, jonim, qoldirding nelarga?
Bu dunyoda ishonay kimlarga?
Ayt, kimlarga?

Azoblarga tashlab jonimni,
Uchib ketding bir so’rmay holimni.
Aytgin, jonim, qoldirding nelarga?
Bu dunyoda ishonay kimlarga?
Ayt, kimlarga?

Yolg’izlik sirdosh endi,
Sog’inchim menga dildosh endi,
Orzular sarson endi,
Hijronda yonar dil endi.

Ayt, jonim, qoldirding nelarga?
Bu dunyoda ishonay kimlarga?
Ayt, kimlarga?
Bu dunyoda ishonay kimlarga?
Ayt, kimlarga?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayt kimlarga
Xonanda:
Malika Razakova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 7, 2015

O'xshash qo'shiqlar matnlari