Ma'murjon Uzoqov - Janon bo'laman deb

Ma'murjon Uzoqov

Janon bo’laman deb

O-o-o, yor-ay…

Janon bo’laman, deb hammani kuydirasanmu,
Kuygan bu faqirlarni yana yondirasanmu?
G’aming cherki, yuz yilga dovur shundoq turasanmu,
Yosh boshing bilan har yerda yolg’iz yurasanmu?
Ey, mehri hilol ko’chasidan o’tmaganim, kel, voy,
O-o-o, yor-ay.

Men asragan vaqtima sen yoshgina erding,
Ham erkam-u, munis, yuvoshgina erding.
Oq gul yuzli, xoldor, qalamqoshgina erding,
Har yona borar chog’ima yo’ldoshgina erding,
Ming va’da qilib, birga vafo qilmaganim, kel, voy,
O-o-o, yor-ay.

Ey yorgina, kuydirasan, qayda bo’lursan,
Be shubha-yu be namunasan, qayda turursan?
Sovg’a beroyin, bormi saning asli makoning,
Jonimni beray, ishq do’konini qayda qurursan?
Ey, mehri hilol ko’chasidan o’tmaganim, kel, voy,
O-o-o, yor-ay.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Janon bo’laman deb
Xonanda:
Ma'murjon Uzoqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 6, 2016