Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Har sari yoningga men borar bo’lsam,
Dard so’zlarimni senga aytar bo’lsam,
Ko’nglimning ko’chasidan o’tmading hech,
Ming aro ishqingda zor yonar bo’lsam.

Darz ketgan yuragim ming chekar alam,
Sensizlikning ozori bitmaydi hech ham.
Ko’r ekan aslida sevgining ko’zi,
Aybimmidi sevganim seni chindan?

Nolalarim yetdi osmonga,
Yuz burdi yurak bugun armonga,
Halovatsiz tunlarim botdim hijronga,
Aytgin, nega sen buni sezmaysan?

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Birgina orzuyim ushalar deya,
Ismingni avaylab yozdim qalbimga,
Yetmadi sevgim kuyi avjiga,
Yetmadi ohlarim, netay, senga.

Darz ketgan yuragim ming chekar alam,
Sensizlikning ozori bitmaydi hech ham.
Ko’r ekan aslida sevgining ko’zi,
Aybimmidi sevganim seni chindan?

Nolalarim yetdi osmonga,
Yuz burdi yurak bugun armonga,
Halovatsiz tunlarim botdim hijronga,
Aytgin, nega sen buni sezmaysan?

(Dard berar…)

Dard berar,
Jonim, sen buni sezmaysan,
Yurak sezar,
Lekin sen buni bilmaysan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dard
Xonanda:
Mango guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 28, 2013