Mango guruhi - Dilorom qo'shiq matni, lyrics

Mango guruhi

Dilorom

Dili, dili, dili, Dilorom,
Sekin orasta,
O`zi o`ziga qo`yib bino,
Qoshi-ko`zlari bir xil zebo.

Dili, dili, dili, Dilorom,
Imi-jimida o`tib u tomona,
Yana jim-jit bu tomona,
Har bir o`tganda esimni kesib.

Men sizni kitob deb o`ylab,
O`qidim varaq-varaqlab.
Boshida hammasi yaxshi boshlandi,
Tan olaman.

Ey boylandim,
Mehringizga boylandim,
Ko`nglimni berdim sizga,
Endi qanday olaman?

Qalamqosh Dilorom,
Butun e’tiborim oldi.
Ey bag`ritosh Dilorom,
Boshimga yomon kunni soldi,
Nega bedarak yo`qoldi?

Voy, jon, jon, jon qurbon,
Jonon kelib yonimga, ayla aylon mani.
Ezma dilim qon, qon,
Aylama vayron, jonon.
Hajringda yonib, holim parishon mani.

Oh, yana jon, jon, jon qurbon,
Jonon kelib yonimga, ayla aylon mani.
Ezma dilim qon, qon,
Aylama vayron, jonon.
Hajringda yonib, holim parishon mani.

Sekin orasta,
O`zi o`ziga qo`yib bino,
Qoshi-ko`zlari bir xil zebo.

Dili, dili, dili, Dilorom,
Imi-jimida o`tib u tomona,
Yana jim-jit bu tomona,
Har bir o`tganda esimni kesib.

E, qachongacha noz qilib,
Osongina tannoz qilib,
Umrimning shirin faslini bedor qilasiz?
E, mana aldandim,
Sehringizga aldandim,
Endi shu sehrga mani bir umr xumor qilasiz.

Sumbul soch Dilorom,
Butun e’tiborim oldi.
Ey bag`ritosh Dilorom,
Dilimga alamlarni soldi,
Nega bedarak yo`qoldi?

Voy, jon, jon, jon qurbon,
Jonon kelib yonimga, ayla aylon mani.
Ezma dilim qon, qon,
Aylama vayron, jonon.
Hajringda yonib, holim parishon mani.

Oh, yana jon, jon, jon qurbon,
Jonon kelib yonimga, ayla aylon mani.
Ezma dilim qon, qon,
Aylama vayron, jonon.
Hajringda yonib, holim parishon mani.

Sekin orasta,
O`zi o`ziga qo`yib bino,
Qoshi-ko`zlari bir xil zebo.
Dili, dili, dili, Dilorom…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dilorom
Xonanda:
Mango guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 4, 2017