• Mango guruhi - Kim aybdor

    Mango guruhi

    Kim aybdor

    Ikkimizning ajralishimizga,
    Baxtga teskari yurishimizga,
    Kim aybdor?
    Paydo bo’ldi o’rtada gumon,
    Ketmoqdamiz ayriliq tomon,
    Kim aybdor?

    Ajralish uchun sevdimmi seni?
    Bahonalaring yemirib borar meni,
    Siz meni sevmaysiz degan
    Gaplaring qiladi alam.

    O’ylab ko’r, sen bilan
    O’tgan umrim ketdimi bekor?
    Tushunmasang meni,
    So’zlaringda ayt ne ma’no bor?

    Aybni faqat mendan izlamasdan
    Ber o’zingga savol:
    Takror va takror, kim aybdor,
    Aytgin kim aybdor?

    Sarson bo’ldi o’rtada sevgi,
    Balki emasman uning tengi,
    Kim aybdor?
    O’ylar edim uni har nafas,
    Bu kunlarni qilmadim havas,
    Kim aybdor?

    Balki bilgansan mendan ketishingni,
    Bilmadim sevgimni o’yin etishingni,
    Yolg’onlaringdan charchadim,
    O’zing bilasan, ketaver.

    O’ylab ko’r, sen bilan
    O’tgan umrim ketdimi bekor?
    Tushunmasang meni,
    So’zlaringda ayt ne ma’no bor?
    Aybni faqat mendan izlamasdan
    Ber o’zingga savol:
    Takror va takror, kim aybdor,
    Aytgin kim aybdor? (x2)