• Mango guruhi - Menga sen kerak

    Mango guruhi

    Menga sen kerak

    Menga sen kerak,
    Senga esa ne kerak?
    Ismingni takrorlar bu yurak.
    Senga ne kerak,
    Jonim, sevgimdan bo`lak,
    Bilmadim ne sendagi istak.

    Har so`zing yolg`on,
    Ham o`zing yolg`on,
    Sen o`zgani tanlading.
    Kech, qaytma yonimga,
    Hech tegma jonimga,
    Kech xatoying anglading.

    Endi o`ylamayman, eslamayman,
    Izlamayman seni, jonim.
    O`ylamayman, eslamayman,
    Izlamayman seni, jonim.

    Menga sen kerak,
    Senga mol-dunyo kerak,
    Ismingni unutdi bu yurak.
    Senga ne kerak,
    Sevgi sen uchun ertak,
    Seni ko`rmayin, shu mendagi istak.

    Har so`zing yolg`on,
    Ham o`zing yolg`on,
    Sen o`zgani tanlading.
    Kech, qaytma yonimga,
    Hech tegma jonimga,
    Kech xatoying anglading.

    Endi o`ylamayman, eslamayman,
    Izlamayman seni, jonim.
    O`ylamayman, eslamayman,
    Izlamayman seni, jonim. (x1+x1)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.