Mango guruhi - Onangdaney

Mango guruhi

Onangdaney

(Shuncha harajat qilib borib, “Golland” atirgulidan sotib olib,
Taksiga pulim qolmay piyoda uyingga kelsam,
Mani onang kaltak bilan haydab soldilar-a, rahmat!)

Yuz so`m, yuz so`m harajat,
Chirillaydi gul borida fursat.
Shuncha qilgan harakatimni
Etarmisan inobat?

Ota-onamdan gap eshitib,
Akalarimdan kaltak yeb,
Bir balo qilib yoningga boraman,
“Sansiz hayot bormi?”, deb.

Yo`q bu tunda halovat,
So`z aytmasdan bag`rimni tilma.
Qo`y, sabrimni sinama har ko`y holat,
Aybim bo`lsa, yuzimga solma.

(Ana shu, kelsam onajoning supurgi bilan quvlab qoladilarku!)

Onangdan-ey, onaginangdan,
Maning bo`lajak qaynonamdan-ey.
Onangdan-ey, onaginangdan,
Kaltak bilan haydab solgan onangdan-ey.

Qada-qadamimni sanab,
Kelayoturman-o astalab.
Zar-zabardast yigitdan-o
Qayerga qochyapsan qarab?

Yugurib, chopib charchadim man,
O`zingdan boshqani demadim axir.
Arazing biroz to`xtasa-da,
Iltimos endi, asalim.

Ha, kamim bor, ko`p dema,
O`zgaraman bersang bir imkon.
Qo`y, dardingni onangga to`kaverma,
Mani ko`rib qolmasinlar yomon.

Onangdan-ey, onaginangdan,
Maning bo`lajak qaynonamdan-ey.
Onangdan-ey, onaginangdan,
Kaltak bilan haydab solgan onangdan-ey.

(Voy, men nima dedim?
Onangni so`kmayapmanku, jonim,
Onangni yaxshi ko`raman deyapman.)

Onangdan-ey, onaginangdan,
Maning bo`lajak qaynonamdan-ey.
Onangdan-ey, onaginangdan,
Kaltak bilan haydab solgan onangdan-ey. (x2)

Hey, onangdan-ey…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onangdaney
Xonanda:
Mango guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 10, 2017