Mango guruhi - O'zbekiston

Mango guruhi

O’zbekiston

Mayli, dunyo kezib chiq butkul,
Dunyo ko`rgan attang qilmaydi.
O`z yurtingni obod qil, but qil,
Begona yurt vatan bo`lmaydi.

Balki yo`qdir bunda jigaring,
Ammo ular ruhi o`lmaydi.
Behisobdir boyliging, zaring,
Begona yurt vatan bo`lmaydi.

O`zga yurtda bo`lsang ham daho,
Yurting qo`msab, ko`ngling to`lmaydi.
Sog`inasan tuprog`in hatto,
Begona yurt vatan bo`lmaydi.

O`zbekiston, O`zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Farzandlaringmiz,
Tuprog`in ko`zimga sursam.

O`zbekiston, O`zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Jannatmakonim,
Tuprog`in ko`zimga sursam.

Dengiz sohilida Registon,
Samarqand deb atab bo`lmaydi,
Ko`rsang yana go`zal bir bo`ston –
Begona yurt vatan bo`lmaydi.

Yurtdoshlaring birma bir o`tar
Ko`z o`ngingdan, uyqing kelmaydi.
Mehr kutsang, nadomat tutar,
Begona yurt vatan bo`lmaydi.

O`zga yurtda bo`lsang ham daho,
Yurting qo`msab, ko`ngling to`lmaydi.
Sog`inasan tuprog`in hatto,
Begona yurt vatan bo`lmaydi.

O`zbekiston, O`zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Farzandlaringmiz,
Tuprog`in ko`zimga sursam.

O`zbekiston, O`zbekiston,
Vatanimsan, vatanimsan,
Jannatmakonim,
Tuprog`in ko`zimga sursam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zbekiston
Xonanda:
Mango guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 9, 2017