Mango guruhi (Hamdam) - Qora ko'zim qo'shiq matni, lyrics

Mango guruhi

Qora ko’zim

Aldaysan meni sevmayman deb,
Yuragimda senga joy yo`q deb.
Aldama, hammasi tamom deb,
Qiynama, sensiz yashayman deb.

Qora ko`zim, so`nggi so`zim:
Ketaylik, yur zulmatlardan.
So`nggi so`zim, qora ko`zim:
Asragin meni bu dardlardan. (x2)

Ko`zlarida yolg`on, meni aldadi bir sanam.
Alamlardan yozdim she’rlar, qo`llarimda qalam.
Yuragimga og`riq berar bitmagan bir yaram,
Sanam, sanam, sanam.

Muhabbatdan kuydi yurak, go`yo zulmat xonam,
Sensizlikka ko`nikolmas, jonsiz bu bir tanam.
Oh bunchalar qiyin bo`lsa ayriliqli alam,
Alam, alam, alam.

Qora ko`zim, so`nggi so`zim:
Ketaylik, yur zulmatlardan.
So`nggi so`zim, qora ko`zim:
Asragin meni bu dardlardan. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qora ko’zim
Xonanda:
Mango guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2017