Ma'no guruhi - Sog'indim yomon

Ma'no guruhi

Sog’indim yomon

Go`zal qosh-ko`zlar meni tinmay sehrlaydi,
Shirin kulgular xayolimni o`g`irlaydi.
Bilmam u go`zal menga kimni eslatadi,
Samimiy so`zlar, iliq suhbatlar.

Ammo ma’yus edi ko`zlari, nelardandir xafa edi,
Ozor chekkan bu qalbim sababini neligini bilolmasdim.
So`rashga tilim bormas, eslatsam o`tmishi yoqmas,
Qiynalar qalbi, eslatib dardi.

O`sha kundan negadir halovatim yo`q,
Tinmay savollar aylanardi-ku.
Shunchalar ham o`xshash bo`larmu
Qalbdagi bitmas yurak dog`lari?

Aytsam agar dardlarim bir doston,
Meni ham qiynaydi og`ir bir armon.
Hamon ezilar yurak,
Bilmam unga ne kerak.

Bir boqib, go`yo uning qalb og`rig`in sezgandayman,
Yashirin tabassumin qaylardadir ko`rgandayman.
Ko`zlaridan oqqan yoshni qachonlardir artgandayman,
Yoki gulim senmisan o`zganing ruxsorida?

Sog`indim yomon behalovat tunlarimda,
Sog`indim yomon yaxshi-yomon kunlarimda,
Sog`indim yomon, lekin buni sen sezmading-da,
Sog`indim yomon, qaylarda qolding? (x2)

Nahot endi o`zga gulga dildan ko`ngil qo`yolmasam?
Seni qattiq sevganchalik o`zga qizni sevolmasam?
So`nib bo`lgan tuyg`ular xuddi kuzgi xazon kabi,
Netay bevafo, qilding bedavo.

Yuzim kulib, qalbim kulmas, sensizlikning azobidan,
Ko`ngilginam hech ham chopmas o`zga gullarning ortidan.
Chorasiz qolgan kunlarim dardkash bir inson yo`q,
“Men umrbod siznikiman”, degan shirin so`zlar yo`q.

Yuragimning og`rig`iga endi bardosh berolmasman,
Sensiz o`tar kunlarimdan izlab ma’no topolmasman.
Sen o`zganing bag`ridasan, bunga toqat qilolmasman,
Biz ahdlashgan ko`chalardan bosh ko`tarib o`tolmasman.

Sen o`zing ayblama, xatolar izlama,
Va’dalaring eslab, ko`zlaring yoshlama.
Bilgin, sen to abad bo`lsang gar baxtiyor,
Ortiq sendan bir umr bo`lmas edim umidvor.
Ko`p kuyinma o`ylab meni, yor,
Bilgin, tanho yurakda zorim sen.

Sog`indim yomon behalovat tunlarimda,
Sog`indim yomon yaxshi-yomon kunlarimda,
Sog`indim yomon, lekin buni sen sezmading-da,
Sog`indim yomon, qaylarda qolding? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’indim yomon
Xonanda:
Ma'no guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 12, 2016