Shirin boqqan ko’zimga,
Aytgan so’zimga,
Boqib birdan o’zimga,
Xumor bo’lsang qaniydi.

Ishqda kuyib nogahon,
Tor bo’lsayu keng jahon,
Meni o’ylab, ey janon,
Bemor bo’lsang qaniydi.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.

Visolimga yetolmay,
Qo’llarimdan tutolmay,
Tuni bilan yotolmay,
Bedor bo’lsang qaniydi.

Tushimdamas o’ngimda,
Ko’nglimdamas qo’ynimda,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.

Yuragimga joylardim,
Har kun yo’ling poylardim,
Oh, seni sotib olardim,
Anor bo’lsang qaniydi.

Isming aytib kuylardim,
Tongni tongga ulardim,
Xohlaganda chalardim,
Dutor bo’lsang qaniydi.
Dutor bo’lsang qaniydi.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi.
Bemor bo’lsang qaniydi menga.

Bedor bo’lsang qaniydi,
Xumor bo’lsang qaniydi,
Hech bo’lmasa bo’ynimda
Tumor bo’lsang qaniydi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaniydi
Xonanda:
Mansurxon Nurmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 2, 2014