Ushalmagan orzularim
Bag’rim tilar yor-yor,
Ishq dardida kuyganlarim
Kim ham bilar yor-yor? (x2)

Yor-yor ayting yangalar –
Ko’ngil qolsin yor-yor,
Bo’lib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x2)

Ayirdilar parvo qilmay,
Yurakdagi sevgim bilmay,
Yor ham endi manga kelmay,
Bag’rim o’yar yor-yor.

Tanda dardim qiynar mani,
Taqdir shunday sinar mani,
Armon bilan siylar mani,
Ko’ngil kuyar yor-yor.

Yor-yor ayting yangalar –
Ko’ngil qolsin yor-yor,
Bo’lib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x2)

Hijronlarga bardoshim yo’q,
Yonimda bir sirdoshim yo’q,
Yorim – mening quyoshim yo’q,
Bag’rim kuyar yor-yor.

Ushalmagan orzularim
Bag’rim tilar yor-yor,
Ishq dardida kuyganlarim
Kim ham bilar yor-yor?

Yor-yor ayting yangalar –
Ko’ngil qolsin yor-yor,
Bo’lib otash, alanga
Yurak yonsin yor-yor. (x4)
Yurak yonsin yor-yor.(x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor
Xonanda:
Mansurxon Nurmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 12, 2014