Manzura - Borsan

Manzura

Borsan

Yanada endi etaring hursand,
Yanada endi parvozing baland,
Jonim, mani bahorim.

So’raganimda talabim bajo,
So’raganimda ishqim mustajob,
Jonim, mani nahorim.

Atayin baxtimga borsan,
Osmonimdagi quyoshimsan,
Qalbimda aylanar qo’shig’imsan.
Ushalgan ezgu armonimsan,
Yaqindan yaqinimsan, jonim, jonim.

Nimaga paydo ichimda quvonch?
Nimaga paydo so’zingga ishonch?
Jonim, mani bahorim.

Qaragin, tingla, yuragim sevar,
Qaragin, tingla, tinmayin urar,
Jonim, mani nahorim.

Atayin baxtimga borsan,
Osmonimdagi quyoshimsan,
Qalbimda aylanar qo’shig’imsan.
Ushalgan ezgu armonimsan,
Yaqindan yaqinimsan, jonim, jonim. (x3)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Borsan
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 5, 2015