Manzura - Hayotim

Manzura

Hayotim

Sen mening yuragimdagi zarbim,
Har nafasim, ma’naviy ozig’im,
Nomai-a’molimdagi amallarim,
Latoiflarimni quchar tuyg’ularim.

Agarda ko’rmasam bir kun bosadi xavotir,
Odatda savolim: qayerdasan hozir?
Seni hech kimga etolmayman nazir,
Kechir, kechir…

O’tadi umrim sen-la yonma-yon, beg’am,
Suzaman osmoningda ko’zlarim yumsam.
Yuragimda bahor, quvonaman takror,
Sen vujudimdagi ruhim, mening sen hayotim.

Mening sen hayotim…

Yuzimni erkalar yuzing, go’zaldir bag’oyat,
Ko’ngildan aytgan so’zlaring, mamnunman nihoyat.
Ishongim kelmaydi hamon, sen men uchun emas armon,
Yonimdasan-ki, men hayron, mening mehribonim.

O’tadi umrim sen-la yonma-yon, beg’am,
Suzaman osmoningda ko’zlarim yumsam.
Yuragimda bahor, quvonaman takror,
Sen vujudimdagi ruhim, mening sen hayotim.

(Har nafasim, ma’naviy ozig’im…
Odatda savolim: qayerdasan hozir…
Kechir, kechir…)

O’tadi umrim sen-la yonma-yon, beg’am,
Suzaman osmoningda ko’zlarim yumsam.
Yuragimda bahor, quvonaman takror,
Sen vujudimdagi ruhim, mening sen hayotim. (x2)
Mening sen hayotim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Hayotim
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 14, 2015