Manzura - Judayam sog'indim

Manzura

Judayam sog’indim

Tanamning bir bo’lagi,
Qalbimning sokin zarbi –
Sening o’zingsan faqat.

Ko’zlarimga qarama,
Tandan jonimni uzma,
Yoring bo’lay, ber fursat.

So’ra mening o’zimdan –
Kunduzingda kun bo’lay, hay.
Sen ustunsan jondan,
Tunlaringda oy bo’lay, hay.

(Judayam sog’indim… judayam…
Mani jonim… sevgilim…
Sevgilim… Muhabbatim…)

Sog’inaman seni eslab,
Sog’inaman olam bo’ylab, jonim.
Sog’inaman har dam, har on,
Sog’inaman dardim osmon, jonim.

(Oramizda teran dengizlar,
Yetib bo’lmas manzil-masofalar,
Osmonimni qopladi bulutlar,
Qara, qara.)

Nega rahming kelmaydi,
Chorlamaysan yoningga, hay?
Qalbim seni so’raydi,
Sol nazar nochoringga, hay.

Sog’inaman seni eslab,
Sog’inaman olam bo’ylab, jonim.
Sog’inaman har dam, har on,
Sog’inaman dardim osmon, jonim.

(Mani jonim, muhabbatim…
Mani jonim… Rostdan sog’indim…
Sevgilim… Judayam sog’indim…)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Judayam sog’indim
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 29, 2015