• Bojalar guruhi va Manzura - Madam (remake 2015)

    Bojalar guruhi, Manzura

    Madam (remake 2015)

    [Bojalar guruhi]
    Men seni ko`rganimda
    O`zingni rosa olasan.
    [Manzura]
    Sen menga, men esa senga
    Aslo to`g`ri kelolmayman.

    [Bojalar guruhi]
    Ko`chada yurganimda
    Ko`rmaganday bo`lasan.
    [Manzura]
    Osmonlarda uchma,
    Sen bilan bo`lolmayman man.

    [Bojalar guruhi]
    Ana mashinam,
    Mana mani mashinam,
    Bittasiga o`tiring, madam.
    [Manzura]
    Oshirvording-ku, hay-hay,
    Hozircha “goodbye, bye-bye”.

    [Bojalar guruhi]
    Mana restoran, juda-judayam ko`rkam,
    Qani ketdik, men bilan, madam.
    [Manzura]
    Qo`ygin oshmagin, hay-hay,
    Senga ham deyman “goodbye, bye-bye”.

    [Bojalar guruhi]
    Men bilan birga bo`lsang,
    Seni baxtli qilaman.
    [Manzura]
    Ey, bunga o`xshash gaplarni
    Juda ko`pini eshitganman.

    [Bojalar guruhi]
    Agar xohlasang shu on
    Parijga olib ketaman.
    [Manzura]
    Bas, bo`ldi ket,
    O`zim sanga oberay bilet, ket.

    [Bojalar guruhi]
    Ana mashinam,
    Mana mani mashinam,
    Bittasiga o`tiring, madam.
    [Manzura]
    Oshirvording-ku, hay-hay,
    Hozircha “goodbye, bye-bye”.

    [Bojalar guruhi]
    Mana restoran, juda-judayam ko`rkam,
    Qani ketdik, men bilan, madam.
    [Manzura]
    Qo`ygin oshmagin, hay-hay,
    Senga ham deyman “goodbye, bye-bye”.

    [Bojalar guruhi]
    Bay, bay, bay, nozik did-didlaringizdan,
    Mensizmadizmi mashinamga chaqirsam?
    Bach-bach-bachkana qabul qilmanglar,
    Nima qilibdi bir shahar aylantirsam?

    [Manzura]
    “Gucci, gucci, gucci, gucci, gucci” tuflilarda
    Asta qizil yo`lakchadan yuraveramiz.
    Shahar ko`chalari, ko`chalari, ko`chalari tirband,
    Piyoda, piyoda, piyoda, piyoda ketamiz.

    [Bojalar guruhi]
    Ana mashinam,
    Mani-mani mashinam,
    Bittasiga o`tiring, madam.
    [Manzura]
    Oshirvording-ku, hay-hay,
    Hozircha “goodbye, bye-bye”.
    [Bojalar guruhi]
    Mana restoran, juda-judayam ko`rkam,
    Qani ketdik, men bilan, madam.
    [Manzura]
    Qo`ygin oshmagin, hay-hay,
    Senga ham deyman “goodbye, bye-bye”. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.