Manzura - Meni nolam ("Sevginator 2" filmiga soundtrack)

Manzura

Meni nolam

Orzular, xayollar,
Dil to’la savollar,
Har tirik jon so’zi,
Bu dunyo nima o’zi?

Bo’lsaydim bir odam,
Insonlardek men ham.
Menga ber bir umr,
Uni baxt bilan to’ldir.

Meni nolam, meni nolam,
Yetsa edi osmonga.
Meni nolam, meni nolam –
Aylansam oddiy insonga. (x2)

Tuyg’ularga to’la,
Ammo tosh yuragim.
Hammadayin bo’lay,
Faqat shudir istagim.

Yashayman kulolmay,
Yurakdan yig’lolmay,
Menga ber bir umr,
Uni baxt bilan to’ldir.

Meni nolam, meni nolam,
Yetsa edi osmonga.
Meni nolam, meni nolam –
Aylansam oddiy insonga. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Meni nolam
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2015