Manzura - Mening qalbim qo'shiq matni, lyrics

Manzura

Mening qalbim

Buyurmagan baxtim kun sayin so`nar,
Go`yo taqdir atay sevgimni sinar.
Seni ko`rish baxti yashashga undar,
Sog`inch holim qo`ymay bag`rimni tirnar.

Agar bilsang, yurak sensiz urmaydi,
Jondan kechib, faqat sendan kechmaydi. (x2)

Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
Umrim xazonlar to`kadi.
Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
Umrim xazonlar to`kadi sensiz.

Asrga teng kunlar birma-bir o`tar,
Sog`inchim eltuvchi shamol esar.
Ko`ksimdagi yurak urishdan to`xtar,
Bu dunyoning bag`ri tor bo`lib qolar.

Agar bilsang, yurak sensiz urmaydi,
Jondan kechib, faqat sendan kechmaydi. (x2)

Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
Umrim xazonlar to`kadi.
Mening qalbim ko`z ochib yumguncha so`nar,
Umrim xazonlar to`kadi sensiz.

Buyurmagan baxtim kun sayin so`nar,
Go`yo taqdir atay sevgimni sinar.
Seni ko`rish baxti yashashga undar,
Sog`inch holim qo`ymay bag`rimni tirnar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mening qalbim
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 4, 2017