• Manzura - Nahotki sen

    Manzura

    Nahotki sen

    Azoblarda qoldirdim seni,
    Ishq o’tida yondirdim seni,
    Kechir qalbim meni, kechir yuragim.

    Yolg’on bo’ldi orzuli kunlar,
    Armon bo’ldi yulduzli tunlar,
    Kechir qalbim meni, kechir yuragim.

    Nahotki, zor bo’lar muhabbatim,
    Nahotki, xor bo’lar mening sevgim,
    Nahotki, senga o’rganganda
    Zor qolar qalbim?

    Nahotki, sevgiga yetmasak biz,
    Nahotki, bir bo’lmay ayrilsak biz,
    Nahotki, yuraklarda
    Alam bilan qolsak biz?

    Kechalarni ayladim bedor,
    Sevib senga ko’p berdim ozor,
    Kechir qalbim meni, kechir yuragim.

    Endi baxtga yetmoqlik gumon,
    Orzularni ayladim armon,
    Kechir qalbim meni, kechir yuragim.

    Nahotki, zor bo’lar muhabbatim,
    Nahotki, xor bo’lar mening sevgim,
    Nahotki, senga o’rganganda
    Zor qolar qalbim?
    Nahotki, sevgiga yetmasak biz,
    Nahotki, bir bo’lmay ayrilsak biz,
    Nahotki, yuraklarda
    Alam bilan qolsak biz? (x1+x2)