Manzura - O'ngimda ko'ray

Manzura

O’ngimda ko’ray

Izlayman seni har zamon,
Qarab oqshomlar tomon,
Faslimda to’la xazon.
Sog’indingmi meni sen ham?
Bilsam topardim malham,
Kelsang gar bir bor ko’rsam.

Yurakkinamni tirnab unutdim dema,
Og’ir botsa ham, rostini so’zla.
Har nafasingni sezay, o’ngimda ko’ray,
Kelgin jonginam, yaqining bo’lay.

Ne o’ylab, ne qaror qilay,
Dardimni kimga aytay,
Qanday gumonga boray?
Ikkilandim, yo’q aniq yo’l,
Kel ohim, yonimda bo’l,
Iqror tut qo’limga qo’l.

Yurakkinamni tirnab unutdim dema,
Og’ir botsa ham, rostini so’zla.
Har nafasingni sezay, o’ngimda ko’ray,
Kelgin jonginam, yaqining bo’lay.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’ngimda ko’ray
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 12, 2014