• [Manzura]
    Katta maydon – uning nomi stadion,
    Muxlislar bilan to`lgan
    Qarang, to`rttala tomon.
    O`yinchilar birma-bir
    Paydo bo`lar shu zamon,
    “Paxtakor” shubhasiz chempion, chempion!

    [Kvartet]
    Millionlar o`yini futbol,
    To`p tepildi, ana qarang gol.
    Qarsaklar yog`ilar tinimsiz yana,
    “Paxtakor” g`alabasi biz uchun tantana.

    Yakunlandi o`yin, “Paxtakor” g`olib,
    Qolganlarning hammasi ketadi ortda qolib.
    “Paxtakor” chempion, “Paxtakor” chempion,
    Senga qoyil qoladi kelajakda butun jahon!

    [Manzura va Kvartet]
    “Paxtakor”, uravergin tinmay gol,
    “Paxtakor”, doim birinchi bo`l. (x2)

    “Paxtakor” (qani “Paxtakor”, qani “Paxtakor”)
    “Paxtakor” (mana “Paxtakor”, mana “Paxtakor”) (x2)

    [Manzura]
    Ko`plab g`alabalarga erishgin kelajakda,
    Yulduz bo`lib porlab tur zamin-u falakda.
    Hech qachon unutmagin – muxlislaring million,
    Hamisha quvvatlaymiz, sen faqat bizga ishon.

    [Kvartet]
    Sening g`alabang muxlislar yutug`i,
    Bugun sen bilan birga “Kvartet” guruhi.
    Manzura ham shu on bizga bo`ladi jo`r,
    Qaytaramiz charchamay: “Paxtakor”, “Paxtakor”!

    Xazinang to`laversin mukofotlar bilan,
    Shuni tilashadi muxlislar chin dildan.
    Futbolchilar, charchamang quvib to`pning ketidan,
    Raqib tepgan koptok o`tsin darvoza chetidan.

    [Manzura va Kvartet]
    “Paxtakor”, uravergin tinmay gol,
    “Paxtakor”, doim birinchi bo`l. (x2)

    “Paxtakor” (qani “Paxtakor”, qani “Paxtakor”)
    “Paxtakor” (mana “Paxtakor”, mana “Paxtakor”) (x2)

    “Paxtakor”! (x4)

    Mili-mili-million, millionlar o`yini,
    Mili-mili-million, bo`l tez, bo`laqol. (x2)

    [Manzura va Kvartet]
    “Paxtakor”, uravergin tinmay gol,
    “Paxtakor”, doim birinchi bo`l. (x2)

    “Paxtakor”!

    Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.