Manzura - Qalbim seni sog'inadi

Manzura

Qalbim seni sog‘inadi

Meni tashlab yomonlarga, yor,
Beqaror, ketdingmu?
Shaydo dilni jafolarda xor‚
Giriftor etdingmu?

Ko‘zlarimning yoshlariga, yor,
Sen takror yetdingmu?
Seni sevgan yuragimni zor,
Intizor etdingmu?

Qalbim seni sog‘inadi,
Yuragim yig‘laydi,
Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.
Qalbim sensiz og‘rinadi,
Yuragim kulmaydi,
Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,
Ovunmaydi.

Dunyo bo‘lib ko‘zlarimga tor,
Zulmatda qoldimmu?
Sensiz og‘ir armonlarni, yor,
Yurakka soldimmu?

Yog‘di sevgim g‘unchasiga qor,
Dilimni tildingmu?
Sensiz qalbim yashamaydi, yor,
Holimni bildingmu?

Qalbim seni sog‘inadi,
Yuragim yig‘laydi,
Sensiz dunyoga hech sig‘maydi.
Qalbim sensiz og‘rinadi,
Yuragim kulmaydi,
Sensiz sevinchlarni hech bilmaydi,
Ovunmaydi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalbim seni sog‘inadi
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2015