Shoxrux va Manzura - Qalbimga kir qo'shiq matni, lyrics

Manzura, Shoxrux

Qalbimga kir

[Shoxrux]
Qara, ko`rdingmi, ko`nglim boshqalar uchun yopildi,
Oxiri borib, tuyg`ularim otilmoqda ko`ksimni yorib.
Joylandi yuragimga muhabbat topib, gilimni qorib,
Bugunda sen hamma holatingda mendan ustunsan, g`olib.
Endi sensiz kunim qanday o`tar – noaniq hol,
Bir qotgan qolip.

Sen mening ko`nglimdagi ayni muddao, ochilgan fasli bahor,
Beozor, bir beg`ubor qizsan.
O`zingga ma’lum bo`lgan bir ajoyib sir, qalbimdagi tasvir,
Sening uchun eshiklarimni ochdim.
To`satdan kelib qolarsan deb, mening muhabbatim,
Qalbimga kir, qalbimga kir.

[Manzura]
So`rama, so`rama,
So`rama, so`rama,
Yuragimni so`rama, jonim,
Men seniki, seniki, a-a…

[Shoxrux]
Meni deb hammadan voz kecha olasanmi, jonim?
Ko`nglimdagi ummonim, ming dardimga darmonim.
Sen meni, men seni sevganday seva olasanmi, sevgilim?
Javoban sevilishni kutmoqda mening yuragim.

Xayollarimdan o`tsang vaqti kulaman,
So`ng ketidan ko`z yumgan holda yanada mahzunman,
To`kilgan qumman,
Yoqar edi shubhasiz izlarimni boylagan qo`llaring.

Yo`qotgim kelmas hozir seni,
Nima xulosada sening fikring?
Ichingdagini yetti uxlab turib, tush ko`rib ham bilmasam,
Nima deding, sen bilan hayotimni butunlay bog`lasam?

[Manzura]
So`rama, so`rama,
So`rama, so`rama,
Yuragimni so`rama, jonim,
Men seniki, seniki, a-a…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qalbimga kir
Xonanda:
Manzura, Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 6, 2017