Manzura va Mavluda Asalxo'jayeva - Qaynonajon qaynona

Manzura, Mavluda Asalxo'jayeva

Qaynonajon qaynona

[Mavluda Asalxo’jayeva]
O’glimni egasi bo’lmoqchi bo’lsang,
Avval mani imtihonimdan o’tasan!

[Manzura]
Qaynonajon, qaynona,
Kulishingizdan aylanay.
Yelib-yugurib, sizning
Xizmatingizda bo’lay.

[Mavluda Asalxo’jayeva]
Siz birovning bolasi,
Bo’lib o’g’lim egasi.
Oq yuvib, oq taragan
Menman bolam onasi!

[Manzura]
Qaynab-qaynab toshsangiz,
Sovutgichingiz bo’lay.
Sizni deb mendan kechsa,
O’g’lingizdan o’rgilay.

Kelin emas, sizga qiz bo’lay,
Tun o’rniga sizga kun bo’lay.
Xizmatingizda bo’lay-o,
Erka qizingiz bo’lay.

[Mavluda Asalxo’jayeva]
Menga qizmas, kelin bo’lasiz,
Kulganimda siz ham kulasiz.
O’g’lim sevib, gul bersa,
Rozi bo’lsam, olasiz!
O’g’lim sevib, gul bersa,
Rozi bo’lsam, olasiz!

[Manzura]
Tillaringizdan zahar
Chak-chak tomib tursa ham,
Qancha yaxshilik qilsam,
Sizga jonim shuncha kam.

[Mavluda Asalxo’jayeva]
Tillarimdagi zahar –
Dilimdagi dardlarim.
Ko’zingizni yoshlamang,
Og’ir botsa gaplarim.

Odammassiz – bu bor gap,
Kech tushmay, bo’lasiz daf.
Mendan holim so’ramay,
O’g’limni o’rab-chirmab.

[Manzura]
Kelin emas, sizga qiz bo’lay,
Tun o’rniga sizga kun bo’lay.
Xizmatingizda bo’lay-o,
Erka qizingiz bo’lay.
[Mavluda Asalxo’jayeva]
Menga qizmas, kelin bo’lasiz,
Kulganimda siz ham kulasiz.
O’g’lim sevib, gul bersa,
Rozi bo’lsam, olasiz!
O’g’lim sevib, gul bersa,
Rozi bo’lsam, olasiz! (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaynonajon qaynona
Xonanda:
Manzura, Mavluda Asalxo'jayeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 16, 2015