Manzura - Qizg'onaman

Manzura

Qizg’onaman

Osmondagi oy bo’lmasang,
Nega qizg’onaman?
Tillosi ko’p boy bo’lmasang,
Nega qizg’onaman?

Sochim o’pgan soy bo’lmasang,
Nega qizg’onaman?
Minib ketsa toy bo’lmasang,
Nega qizg’onaman?

Captivali boy bo’lmasang,
Nega qizg’onaman?
Ishq o’tida yonmasa qalbing,
Nega yonaman?

Nega yonaman (hey), nega yonaman (hey),
Nega sevaman?

Tog’larni Farhodday buzmasang,
Cho’llarni Majnunday kezmasang,
Baribir Shirin, Layli singari,
Yorim, sevaman seni (hey). (x2)

Rostini aytsam, savlating ham
Alpomishdek emas.
Barchinoyga munosib yor
Seni hech kim demas.

Lekin mening ishqim senga
Bir umrga bilsang,
Ko’z ochganda o’tib ketar
Shirin tushdek emas.

Captivali boy bo’lmasang,
Nega qizg’onaman?
Ishq o’tida yonmasa qalbing,
Nega yonaman?

Nega yonaman (hey), nega yonaman (hey),
Nega sevaman?

Tog’larni Farhodday buzmasang,
Cho’llarni Majnunday kezmasang,
Baribir Shirin, Layli singari,
Yorim, sevaman seni (hey). (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qizg’onaman
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2015