Manzura - Sen bilasan

Manzura

Sen bilasan

Bir olam bor olamda yana,
Beso’roq ishq yoqar alanga.
Bir gul unsa qo’rquvda hamon,
Sen bilasan va men bir faqat.

So’z ortiqcha, dil yaqin juda,
Begonalik, isbot behuda.
Bir yonish, bu mehr orzuda,
Sen bilasan va men bir faqat.

Dil uyida mangu joyimiz,
Daryo bo’ldi yig’lab soyimiz,
Gunohkordek bo’zlab koyimiz,
Sen bilasan va men bir faqat. (x2)

Uchrashdik, lek ayrilmay qoldik,
Xayollarda biz najot topdik,
To’ymadik hech, bir hayot topdik,
Sen bilasan va men bir faqat.

So’z ortiqcha, dil yaqin juda,
Zuhroingman, isbot behuda.
Bir yonish, bu mehr orzuda,
Sen bilasan va men bir faqat.

Dil uyida mangu joyimiz,
Daryo bo’ldi yig’lab soyimiz,
Gunohkordek bo’zlab koyimiz,
Sen bilasan va men bir faqat. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen bilasan
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 17, 2015

O'xshash qo'shiqlar matnlari