Manzura - Sevardim takror

Manzura

Sevardim takror

Bizni bog’lovchi ko’priklar,
G’amga to’la bu kipriklar,
Jimgina, ovozsiz yig’lar.
Yuguraman xayol tomon,
Xayollarimda sen hamon,
Orqaga chekinar armon.
(Boraman sen tomon)

Agar qayta tug’ilishga imkon
Bo’lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg’iz o’zingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)

Bog’larim sensiz xazon,
Yana izlab seni sarson,
Ko’zlarim yo’lingda, ishon.
Sevgingsiz yashayin qandoq?
Cho’kadi sog’inchga nigoh,
Bu tun menga qayg’u hamroh.
(Qayg’u menga hamroh)

Agar qayta tug’ilishga imkon
Bo’lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg’iz o’zingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)

Yulduzlarga tikilib, seni esladim,
Dengizlarga termulib, seni esladim.
Sog’indim, sado ber, qaydasan?
– “Men yonginangdaman…”
– “Yonginamda? Nega unda seni ko’rmayapman?”
– “Qalbingga nazar sol!”

Agar qayta tug’ilishga imkon
Bo’lganida edi yana bir bor,
Sevar edim yolg’iz o’zingni,
Seni sevardim takror-takror. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevardim takror
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 15, 2015