Manzura - Sevgi sinov

Manzura

Sevgi sinov

Bu g’iybatu ig’volardir bari-bari,
Lekin ketmaydi sendandir nari-nari,
Ta’na-yu dashnom ostida sen hamon, hey.

Yugura, yugura, yugura tondim,
Aro o’yladim arang.
Egdi, egdi, egdi boshim
Hiyla nayrang.

Tegma, tegma, tegma yondim
So’zlaringdan, zor bo’lsang.
So’rama, so’rama, so’rama
Holim, soyam bo’lsang.

Sinaydi seni atayin hayot beayov,
Sinar omad kelgan sayin, sevgi sinov.
Eng yorqin yulduzlardayin, yuksaklarda ayon,
Lek so’nmasin hech yurakda, yurakda olov.

Dilingni og’ritarlar o’ylab-o’ylamay,
Befoyda ularga sen so’yla-so’ylama,
Qalbingga buyruq berishga haqqi yo’q.

Yugura, yugura, yugura tondim,
Aro o’yladim arang.
Egdi, egdi, egdi boshim
Hiyla nayrang.

Tegma, tegma, tegma yondim
So’zlaringdan, zor bo’lsang.
So’rama, so’rama, so’rama
Holim, soyam bo’lsang.

Sinaydi seni atayin hayot beayov,
Sinar omad kelgan sayin, sevgi sinov.
Eng yorqin yulduzlardayin, yuksaklarda ayon,
Lek so’nmasin hech yurakda, yurakda olov. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevgi sinov
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 11, 2015