Manzura - Soxta tuygu

Manzura

Soxta tuyg’u

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Ertayu kech joni halak,
Yonma yon, girdi kapalak,
Yuragida yolg’iz istak,
Sen faqat, sen faqat.
Har kuni o’zgaga xushtor,
Niyati ko’zida oshkor,
Qalbida bo’lmagan zinhor
Muhabbat, muhabbat!

O-o-h! Yolg’onga yor bo’lma, bo’lmagin-ey!
O-o-h! Sen unutgin uni, unutgin-ey!
E-e-y! Mehrini bor dema, demagin-ey!
O-o-u! Sevgisini sina, sinagin-ey!

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Bu chiroyli guldastalar,
Osmon qadar va`dalar
Takror dilni yaralar,
Yanada, yanada!
Ba`zan adashar inson,
Voz kechgin undan oson,
Taqdir boqadi, ishon,
Har damda, har damda.

O-o-h! Yolg’onga yor bo’lma, bo’lmagin-ey!
O-o-h! Sen unutgin uni, unutgin-ey!
E-e-y! Mehrini bor dema, demagin-ey!
O-o-u! Sevgisini sina, sinagin-ey!

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma,
Unut sarob singari,
Baxting u emas, afsus qilma,
Intil sof sevgi sari!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Soxta tuyg’u
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 21, 2013