• Manzura - Tingla faryodim

    Manzura

    Tingla faryodim

    Yetay deya inson orzu-havasiga,
    Yashar ekan bo`ysunib u o`z nafsiga.
    Umr o`tib ketaverar o`z aksiga,
    Xayollarda halovatni topib bo`lmas.

    Soxta chiroy, soxta kulgu, soxta so`zlar,
    Tokay inson obro`-mansabini ko`zlar?
    Ayting, oh bu ne ko`rgilik, ming afsuslar,
    Oqibatdan oxiratni topib bo`lmas, ey.

    Tingla faryodim, tingla,
    Ey Tangrim, nolalarimni tingla.
    Sabr to`ldirib dilga,
    Sol o`zing bizlarni to`g`ri yo`lga. (x2)

    Oshiqlikning ko`chasini oxiri yo`q,
    Bu ko`chada bir chin Zuhro, Toxiri yo`q,
    Yurak uchun bu darddanda og`iri yo`q,
    Muhabbatda go`zal baxtni topib bo`lmas.

    Ochiq-oydin sevib gunoh qilsa takror,
    Qayda qoldi yuz-andisha, nomus-u, or?
    Sevgidan ham bo`lib qoldi odam bezor,
    Xiyonatda hijolatni topib bo`lmas, ey.

    Tingla faryodim, tingla,
    Ey Tangrim, nolalarimni tingla.
    Sabr to`ldirib dilga,
    Sol o`zing bizlarni to`g`ri yo`lga. (x2)

    Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.