Manzura - Yengilaman

Manzura

Yengilaman

Qayg`uli alam, dil to`la nolam, nolam,
Chunki sen bugun ketasan o`zga bilan.
Ayriliqning azobiga dosh berolmayman,
Qalbim yig`lar, seni so`rar.

Sevaman degin, men ishonaman yana,
Mayli, aldagin roziman hammasiga.
Faqat yonimda bo`lsang bas,
Boshqa hech narsa muhim emas, kerak emas.

Yengilaman, yuragimda asrab muhabbating,
Men bilaman, sen ham o`zgani sevolmasliging.
Sog`inaman, bu juda qiyin,
Aytgin, netayin? (x2)

Oq-qora hayot, qalbim bog`lari barbod,
Sevgi gullari endi gullamas nahot?
Kuz faslidek to`kiladi baxtning barglari,
Xazonlari, armonlari.

Unut demagin, unutishga yo`q mador,
Baxtsiz sevgidan endi qalbim yarador.
Olib ketar xotiralar yana sen tomon,
Yuguraman, yana bejon.

Yengilaman, yuragimda asrab muhabbating,
Men bilaman, sen ham o`zgani sevolmasliging.
Sog`inaman, bu juda qiyin,
Aytgin, netayin? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yengilaman
Xonanda:
Manzura
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 25, 2015